Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi komissiya raisi, deputat M.Aminova tomonidan “Misgarlik” mahallasidagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va Yangi obod ko‘chasini asfaltlash masalasi yuzasidan navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, mahallalarda olib borilgan o‘rganishlar hamda bevosita joyiga chiqib ko‘zdan kechirishlar davomida fuqarolar tomonidan “Misgarlik” mahallasi, Yangi obod ko‘chasining asfalt qoplamasini ta’mirlash yuzasidan bir necha bor murojaatlar bildirilgani aniqlandi. Ko‘chaning asfalt qoplamasi yaroqsiz holga kelgani hudud aholisi uchun turli noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani sababli, deputat tomonidan Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Axmedov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida “Misgarlik” mahallasi, Yangi obod ko‘chasidagi asfalt qoplamasini ta’mirlash va yo‘l holatini yaxshilash bo‘yicha qanday chora-tadbirlar belgilanganligi yuzasidan ma’lumot berish so‘ralgan.

Shuningdek, so‘rovda mazkur ko‘chada ta’mirlash ishlarini amalga oshirish muddatlari, rejalashtirilgan ishlar ko‘lami hamda mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha ko‘riladigan choralar yuzasidan aniq muddatlar ko‘rsatilgan holda asoslantirilgan tushuntirish taqdim etish talab qilingan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, qonunchilikda belgilangan 10 kunlik muddatda deputatlik so‘roviga javob taqdim etilishi hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2