Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi komissiya raisi, deputat M.Aminova tomonidan “Misgarlik” mahallasidagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq nosozliklar va xavfli holatlarni bartaraf etish yuzasidan navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va bevosita joyiga chiqib o‘rganishlar davomida “Misgarlik” mahallasi, Oltin ko‘l ko‘chasi bo‘ylab o‘tgan past kuchlanishli elektr havo tarmoqlari simlari texnik va xavfsizlik me’yorlariga zid ravishda haddan tashqari osilib qolgani aniqlandi. Ushbu holat hududda yashovchi aholiga, ayniqsa, yosh bolalarga xavf tug‘dirishi mumkinligi sababli, deputat tomonidan Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari М.Mirmaqsudov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida Oltin ko‘l ko‘chasidagi osilib qolgan va xavf tug‘dirayotgan elektr simlarini tegishli texnik talablar asosida tortish hamda tartibga keltirish uchun maxsus texnika va ishchi guruhni jalb etish, mavjud avariyaviy holatni to‘liq bartaraf etish muddatlari yuzasidan ma’lumot berish so‘ralgan.

Shuningdek, so‘rovda hududdagi texnik talablarga javob bermaydigan nosoz yoki eskirgan elektr tayanch ustunlarini ta’mirlash, mustahkamlash yoki zaruratga ko‘ra yangisiga almashtirish ishlarini tashkil etish hamda ushbu ishlarni amalga oshirishning aniq muddatlari yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish talab qilingan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, qonunchilikda belgilangan 10 kunlik muddatda deputatlik so‘roviga javob taqdim etilishi hamda muammoni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2