Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
#Biriktirilgan_tashkilot #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Murojaat_va_ijro #Deputat_nazorati FHDYO BO‘LIMIDA AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI

#Biriktirilgan_tashkilot
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#Murojaat_va_ijro
#Deputat_nazorati

FHDYO BO‘LIMIDA AHOLIGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI

Shu maqsadda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati Yuldosheva Sevara Abduxxorovna tomonidan tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) bo‘limida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

Davlat xizmatlari sifati: FHDYO bo‘limiga tashrif buyurayotgan fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratilganligi, navbatlarni tartibga solish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonining tezkorligi;

Murojaatlar ijrosi: Aholi tomonidan takroran yoki joyida berilgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularni qonuniy va ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi;

Savolnoma va nazorat: Belgilangan savolnoma asosida bo‘lim xodimlarining fuqarolar bilan muloqot madaniyati hamda sohaviy qonun hujjatlari ijrosining ta’minlanish darajasi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar davomida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning fuqarolik holati dalolatnomalarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq muammolari va takliflari tinglandi hamda aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.