Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
#Chinoz_tumani Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati o'rganildi



Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi 5-Paxtaobod saylov okrugidan saylangan deputat Surayyo Axmedova tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq tumandagi “Paxtaobod” MFYda faoliyat olib borayotgan mahalladagi soliq inspektori Islom Burxonov zimmasiga yuklatilgan vazifalarning amalga oshirilish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada 24 ta yuridik shaxs hamda 28 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati mavjudligi, shuningdek, mahalla yettiligi bilan hamkorlikda xonadonma-xonadon yurish orqali yer va mol-mulk soliqlarini undirish ishlari olib borilayotgani aniqlandi.

Shu bilan birga, mahalla hududida soliqlarni undirish va to‘lov intizomini mustahkamlash maqsadida mahalla kanallari orqali targ‘ibot-tashviqot ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Fuqarolarga, ayniqsa pensionerlarga amaldagi qonunchilikka muvofiq mavjud soliq imtiyozlari haqida tushuntirishlar berib borilayotgani ma’lum qilindi.

Slide 1 of 3