Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Xasanova tomonidan fuqaro Ne’matjonova O‘g‘iloyga bepul jarrohlik amaliyotini o‘tkazish hamda zarur tibbiy yordam ko‘rsatish masalasida yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i K.B. Sirojiddinov tomonidan rasmiy javob xati taqdim etildi.

Deputatlik so‘rovi asosida Qo‘qon shahar 10-oilaviy poliklinikasi bosh shifokori F. Mamajonov, oila shifokori S. Anvarova hamda patronaj hamshirasi X. Ergasheva tomonidan “Rayhon” MFYda yashovchi fuqaro Ne’matjonova O‘g‘iloyning salomatligi joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.

Taqdim etilgan rasmiy javobga ko‘ra, fuqaroning asosiy tashxisi yuzasidan bepul jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uning umumiy salomatlik holatini chuqur baholash maqsadida kengaytirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Ko‘rik davomida qo‘shimcha ravishda reaktiv artropatiya kasalligi aniqlangan.

️Ayni vaqtda aniqlangan qo‘shimcha kasallik bo‘yicha tor doiradagi mutaxassis shifokorlar tomonidan tegishli davolash muolajalari olib borilmoqda. Ushbu muolajalar yakunlangach, tibbiy ko‘rik natijalaridan kelib chiqib, fuqaroning asosiy kasalligi bo‘yicha bepul jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun belgilangan tartibda imtiyozli yo‘llanma rasmiylashtirish rejalashtirilgan.

Ushbu masala deputat nazoratida bo‘lib, fuqaroning davolanish jarayoni, bepul jarrohlik amaliyotiga yo‘llanma rasmiylashtirilishi hamda tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarning izchil davom ettirilishi kuzatib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi