Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari huzurida Ekspert guruhi faoliyati

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari huzurida Ekspert guruhi faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ–52–V-son qarori bilan tasdiqlangan Namunaviy nizomga muvofiq, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari huzurida Ekspert guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

🔹 Ekspert guruhi – mahalliy Kengash va uning doimiy komissiyalari faoliyatini ekspertlik hamda axborot-maslahat jihatidan qo‘llab-quvvatlovchi, jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi maslahat organidir.

📋 Ekspert guruhining asosiy vazifalari:

✅ Kengash sessiyasi kun tartibidagi masalalarni dastlabki ekspertizadan o‘tkazish;
✅ Mahalliy Kengash qarorlari loyihalarini qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan tahlil qilish va xulosalar berish;
✅ Korrupsiyaviy omillar, ortiqcha ma'muriy to‘siqlar hamda gender tengligi bilan bog‘liq normalarni aniqlash bo‘yicha huquqiy tahlillar o‘tkazish;
✅ Doimiy komissiyalarga qaror loyihalarini ishlab chiqish va nazorat-tahlil tadbirlarini tashkil etishda ko‘maklashish;
✅ Xalqaro tajribani o‘rganish va uni mahalliy Kengashlar faoliyatiga tatbiq etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
✅ Fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
✅ Jamoatchilik fikrini o‘rganish, deputatlarning sayyor qabullari va aholi bilan uchrashuvlari samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;
✅ Davlat va hududiy dasturlar loyihalarini ishlab chiqish hamda ularning ijrosi samaradorligini tahlil qilish;
✅ Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va davlat organlari rahbarlarining aholi bilan uchrashuvlari monitoringida ishtirok etish;
✅ Konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlarini tashkil etishda ko‘maklashish.

🤝 Ekspert guruhi faoliyati mahalliy Kengashlar ishining sifatini oshirish, qarorlar qabul qilishda ilmiy-amaliy yondashuvni kuchaytirish hamda jamoatchilik ishtirokini