Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ TO‘QQIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

2026-yil 16-oktyabr kuni soat 10-00 da Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

🔵Sessiya kun tartibida:

Bo‘stonliq tumanida jinoyatchilikni oldini olish va mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida 2026-yilning uchinchi choragi yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurori S. Xusayinovning axboroti;

Bo‘stonliq tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, shuningdek jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2026-yil uchinchi chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i A. Boymirzayening ning hisoboti;

Bo‘stonliq tumani budjeti daromadlarining 2026-yil ikkinchi chorak yakuni bo‘yicha prognozdan oshirib bajarilgan qismi mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari X. Abduyusupovning hisoboti;

Bo‘stonliq tumanida sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i R. Unarovning hisoboti;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktyabrdagi “Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-343-son qarori ijrosi yuzasidan “Toshkent viloyati suv ta’minoti” MChJ tuman filiali rahbari S. Radjapovning hisoboti tinglandi.

🔵Sessiya yakuni bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 9