Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
🏫 KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI


🔸 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 21-Sh.Rashidov saylov okrugidan saylangan deputat R.Fozilova tomonidan tumanda joylashgan “Humora kids” xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotining isitish tizimi, mavjud isitish qurilmalarining texnik va sozlik holati, yoqilg‘i zaxirasi, shuningdek, kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazishga tayyorgarlik darajasi ko‘zdan kechirildi.

🔥 Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilganligi, isitish qurilmalarining ishchi holati hamda mavjud tizimning mavsum davomida uzluksiz va barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar o‘rganildi.

📋 O‘rganish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti ma’muriyati bilan suhbatlashilib, sovuq kunlarda tarbiyalanuvchilar va pedagog xodimlar uchun barqaror issiqlik ta’minotini yo‘lga qo‘yish, xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish hamda yoqilg‘i zaxirasidan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumini barqaror va betalafot o‘tkazishini ta’minlash, isitish tizimlarini doimiy nazorat qilib borish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3