Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
CHO‘LQUVAR MFYDA IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi raisi B. Bayanasov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Usmonov tomonidan Cho‘lquvar mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish ishlari davom ettirildi.

Navbatdagi o‘rganish 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilib, muassasaning sovuq mavsumga tayyorgarlik darajasi, isitish tizimining holati hamda tarbiyalanuvchilar va xodimlar uchun zarur sharoitlarni yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida isitish tizimining mavsumga tayyorligi, mavjud uskunalarning texnik holati va kuz-qish davrida muassasaning barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash bilan bog‘liq jihatlarni ko‘zdan kechirishga alohida ahamiyat berildi.

Ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rishi, avvalo, bolalar salomatligini muhofaza qilish, ta’lim-tarbiya jarayonining uzluksizligini ta’minlash hamda xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hududdagi ijtimoiy soha obyektlarini izchil o‘rganish orqali mavjud holatni baholash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mavsumga tayyorgarlik ishlarini talab darajasida tashkil etishga e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 4