Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
AHOLI UCHUN QULAY SAVDO SHAROITLARI: YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI KO‘ZDAN KECHIRILDI

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi deputati, tuman hokimi O. Musanov hamda tuman Kengashi deputati E. Rajabov tomonidan Yangibo‘ston mahalla fuqarolar yig‘inida aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida barpo etilayotgan dehqon bozorida olib borilayotgan ishlar jarayoni joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida bozor hududida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishilib, yangi savdo maskanini tashkil etish jarayoniga e’tibor qaratildi. Mazkur bozorning barpo etilishi aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda savdo-sotiq uchun qulay sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Dehqon bozorlarining faoliyati aholi va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi savdo aloqalarini rivojlantirish, mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini iste’molchilarga yetkazish hamda hududda savdo infratuzilmasini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2