Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
YOSHLAR SPORTI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR: 14-SONLI MAKTABDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi raisi B.Bayanasov, tuman Kengashi deputati, tuman hokimi O.Musanov hamda deputat E.Rajabov tomonidan Yangibo‘ston MFY hududida joylashgan 14-sonli umumta’lim maktabida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasining mavjud infratuzilmaviy holati, maktab hududini yanada yaxshilash, o‘quvchilar uchun munosib ta’lim va sport sharoitlarini yaratish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi. Maktab infratuzilmasini takomillashtirish orqali o‘quvchilar uchun qulay muhit yaratish hamda ta’lim muassasasining mavjud imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, maktab o‘quvchilari uchun kurash bilan shug‘ullanishga mo‘ljallangan alohida joy tashkil etish masalasi ham o‘rganildi. Ushbu tashabbus yoshlarning milliy sport turlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning jismoniy faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.

O‘rganish davomida maktab infratuzilmasini rivojlantirish va sport bilan shug‘ullanish uchun zarur sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bunday tashabbuslar ta’lim muassasalarida nafaqat sifatli ta’lim olish, balki o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishi uchun ham qulay muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2