Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
KIMYOGAR MAHALLASIDA MAHALLA RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

KIMYOGAR MAHALLASIDA MAHALLA RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Hamidulla Habibullayevich Muxamedov Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Toyirov bilan birgalikda Navoiy shahridagi Kimyogar mahallasida bo‘lib, mahalla raisining faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahalla raisi tomonidan aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahallada aholi manfaatlarini ta’minlash, fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda mahalla faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-apreldagi O‘RQ-350-sonli “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga hamohang ravishda, mahalla organlari faoliyatini takomillashtirish va ularning aholi oldidagi mas’uliyatini oshirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahalla raisi faoliyatining samaradorligini oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlashni yanada takomillashtirish hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida hal etishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari tomonidan mahallalarda olib borilayotgan ishlarni o‘rganish, aholi bilan bevosita muloqot qilish va mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 1