Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
DEPUTAT JASORAT MAKTABI O‘QUVCHILARINING VA’DA BERISH MAROSIMIDA ISHTIROK ETDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 23-“Nomdanak” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Po‘latov Elmurod To‘xtaboyevich tuman hududida joylashgan Xotira maydonida Jasorat maktabiga qabul qilingan o‘quvchilarning va’da berish marosimida ishtirok etdi.
✅ Vatanga sadoqat, jasorat va yuksak mas’uliyat timsoli bo‘lgan mazkur tadbir yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat, ona yurtga muhabbat hamda fidoyilik ruhida tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Faxriddin Abdullayev hamda Chirchiq harbiy prokurori, adliya podpolkovnigi Ixtiyor Akbarov ishtirok etib, Jasorat maktabiga qabul qilingan o‘g‘il-qizlarni ushbu quvonchli voqea bilan tabrikladilar va ularga kelgusi o‘qish hamda faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.
✅ Marosim davomida o‘quvchilar tantanali ravishda o‘z va’dalarini bildirib, Vatanga sadoqatli, intizomli, bilimli va mas’uliyatli yoshlar bo‘lib voyaga yetishga intilishlarini namoyon etdilar.
✅ Tadbir doirasida o‘quvchilarning bilim va qobiliyatlari, ziyrakligi hamda jismoniy tayyorgarligini namoyish etishga qaratilgan turli tanlov va musobaqalar ham tashkil etildi. Xususan, kamondan o‘q uzish, rasm chizish va shaxmat musobaqalari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. G‘oliblar tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
🔵 Deputat Po‘latov Elmurod To‘xtaboyevichning mazkur marosimda ishtirok etishi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviy kamoloti, vatanparvarlik tuyg‘usi va fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirishga qaratilgan tashabbuslarning ahamiyatini namoyon etadi.
✅ Zero, yurtimiz kelajagi — Vatanini sevadigan, xalqiga sadoqat bilan xizmat qiladigan, bilimli, jasoratli va yuksak ma’naviyatli yoshlar qo‘lidadir!

Slide 1 of 4