Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📚 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATIDA MUHIM QONUNLAR
янв.21
#deputat_amaliyseminarda 🌱 TO‘QSONBOSTI USULI — MO‘L HOSIL SARI MUHIM QADAM!
янв.21
📢 DEPUTATNING SIYOSIY PARTIYA BILAN HAMKORLIGI — QONUNIY MAJBURIYAT VA MAS’ULIYAT
янв.21
📢 QONUNNI BILASIZMI?
янв.21
📢 XALQ DEPUTATLARI KENGASHLARI HUZURIDA EKSPERT GURUHI FAOLIYATI
янв.21
📢 AHOLI MUAMMOLARINI MAHALLIY KENGASHLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGIDA O‘RGANADI
янв.21
#ishreja_deputat_faoliyati 📢 DEPUTATLAR SAYLOVCHILAR OLDIDA HISOBOT BERDI
янв.21
#IshRejaIjrosi #24ta_tavsiya_11-bandi 🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
#IshRejaIjrosi #madadNNT ⚖️ FUQAROLAR MUROJAATLARIGA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
#ishreja_24ta_tavsiya_24_bandi #19_1_band_ijrosi 🏫 INKLYUZIV TA’LIM — HAR BIR BOLA UCHUN TENG IMKONIYAT!
“KATTA OQTEPA” MAHALLASIDA KOMMUNAL XIZMATLAR, KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA OBODONLASHTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol

❗️ “KATTA OQTEPA” MAHALLASIDA KOMMUNAL XIZMATLAR, KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA OBODONLASHTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov tomonidan Shayxontohur tumanidagi “Katta Oqtepa” mahalla fuqarolar yig‘inida aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda mahalla infratuzilmasidagi mavjud muammolarni aniqlash yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔺 O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi deputati Kamoljon Xursanov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri D. Asadullayev, tuman hokimining o‘rinbosari R. Kuchkarov hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

🔎 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida tashkil etilib, hududdagi kommunal infratuzilma, ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatish, ko‘chalarni yoritish, sanitariya holati hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💡 Xususan, mahalla ichki ko‘chalari va xiyobonlardagi tungi yoritish chiroqlarining ishlash holati ko‘zdan kechirildi. Aholining, ayniqsa, bolalar va keksalarning qorong‘i vaqtda xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida yetarlicha yoritilmagan hududlarni aniqlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

♨️ Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Bunda ko‘p qavatli uylarning sovuq mavsumga tayyorligi, issiqlik ta’minoti tizimlarining holati, shuningdek, aholining tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlanishi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

🏢 Shu bilan birga, ko‘p qavatli uy-joy fondiga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati, umumiy foydalanish hududlarini saqlash, uylar atrofining obodonlashtirilishi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan fikr almashildi.

♻️ Mahallaning sanitariya holati ham deputatlar e’tiboridan chetda qolmadi. Jumladan, maishiy chiqindilarni belgilangan jadval asosida o‘z vaqtida olib chiqish, hududlarda tozalikni ta’minlash va obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish masalalari o‘rganildi.

📝 Deputat Aziz Ibragimov ishtirokidagi muhokamada fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish, kommunal va maishiy xizmatlar bilan bog‘liq masalalarni mas’ul tashkilotlar hamkorligida hal etish hamda mahallada mavjud muammolarga manzilli yondashish zarurligiga e’tibor qaratildi.

🤝 O‘rganish davomida mahalla faollari va mutasaddilar bilan hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilib, aholi uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratishda tuman hokimligi, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar hamda mahalla mas’ullarining o‘zaro hamkorligi muhimligi ta’kidlandi.

📁 O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, ko‘chalarni yoritish va sanitariya holatini tartibga keltirish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

⚙️ Shuningdek, kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish, ko‘p qavatli uylarning mavsumga tayyorgarligini ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📝 “Katta Oqtepa” mahallasida o‘tkazilgan mazkur o‘rganish aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularning yechimi yuzasidan mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishga qaratildi.

🏘 Mahallalarda kommunal xizmatlarning barqarorligi, obod va xavfsiz muhitni ta’minlash hamda aholi murojaatlariga amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4