Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📚 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATIDA MUHIM QONUNLAR
янв.21
#deputat_amaliyseminarda 🌱 TO‘QSONBOSTI USULI — MO‘L HOSIL SARI MUHIM QADAM!
янв.21
📢 DEPUTATNING SIYOSIY PARTIYA BILAN HAMKORLIGI — QONUNIY MAJBURIYAT VA MAS’ULIYAT
янв.21
📢 QONUNNI BILASIZMI?
янв.21
📢 XALQ DEPUTATLARI KENGASHLARI HUZURIDA EKSPERT GURUHI FAOLIYATI
янв.21
📢 AHOLI MUAMMOLARINI MAHALLIY KENGASHLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGIDA O‘RGANADI
янв.21
#ishreja_deputat_faoliyati 📢 DEPUTATLAR SAYLOVCHILAR OLDIDA HISOBOT BERDI
янв.21
#IshRejaIjrosi #24ta_tavsiya_11-bandi 🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
#IshRejaIjrosi #madadNNT ⚖️ FUQAROLAR MUROJAATLARIGA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
#ishreja_24ta_tavsiya_24_bandi #19_1_band_ijrosi 🏫 INKLYUZIV TA’LIM — HAR BIR BOLA UCHUN TENG IMKONIYAT!
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 19-“Saoqat” saylov okrugidan saylangan deputat I.Fayzullayev tomonidan “Sobir Abdulla” mahalla fuqarolar yig‘inida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Bodomzor ko‘chasi, 34-uyda yashovchi Sh.Madaliyevlar oilasi xonadoniga tashrif buyurilib, oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar bilan tanishildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Madaliyevlar oilasiga jami 2 mln 472 ming so‘mlik vaucher ajratilgan. Shuningdek, mazkur xonadonga bepul quyosh paneli o‘rnatish yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida masala deputat nazoratiga olindi hamda belgilangan tartibda monitoringga kiritildi.

Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va oilalar farovonligini oshirish — doimiy e’tiborda!

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3