Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
MAHALLALARDA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

MAHALLALARDA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

🇺🇿 Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Pastdarg‘om tumanida ham aholi daromadlarini oshirish, bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

👍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati, tuman hokimi J. Pardayev 1-Go‘zalkent saylov okrugiga qarashli Go‘zalkent va Oltiqahramon mahallalari faoliyati bilan tanishdi.

✅ Tashrif davomida mahallalardagi “mahalla yettiligi” faoliyati, aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadlarini oshirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

🏠 Mahalla binolarida o‘tkazilgan tahlillardan so‘ng, ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning yashash sharoitlari, muammolari va mavjud imkoniyatlari o‘rganildi.

💬 Muloqotlar davomida fuqarolarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik va daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashish, shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali oilalar farovonligini oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

🤩 Shuningdek, fuqarolarga davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlar, qo‘llab-quvvatlash choralari va mavjud imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi. Har bir oilaning qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojidan kelib chiqib, manzilli amaliy yordam ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1