Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
#Festival_tayyorgarligi #Enoturizm_va_Milliy_taomlar #Oltinsoy_2026

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi Turdiyev Akrom Abdimuratovich, Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov hamda kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar “Bo‘ston” mahallasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan "O‘zbekiston enoturizmi va milliy taomlar" festivaliga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlarini joyida o‘rgandilar.

📌 O‘rganish jarayonida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:

Maydon va infratuzilma tayyorgarligi: Festival o‘tkaziladigan hududda tayyorgarlik va obodonlashtirish ishlari, pavilyonlar hamda ko‘rgazma burchaklarining joylashuvi ko‘zdan kechirildi.

Tumanlar ishtiroki va ko‘rgazmalar: Surxondaryo viloyatining turli tumanlari (Jarqo‘rg‘on, Bandixon, Uzun va b.) hamda mahalliy hunarmandlar tomonidan tashkil etilayotgan milliy taomlar, xalq amaliy san’ati hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazma stendlari tayyorgarligi tekshirildi.

Hududning estetik ko‘rinishi: Festival o‘tkaziladigan xiyobon va yo‘laklarda gulxanalarni bezatish, tungi yoritish chiroqlari hamda tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar baxolandi.

O‘rganishlar yakunida festivalni yuqori saviyada, xavfsiz va mazmunli o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 10