Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI TUMAN” DASTURI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

 “YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI TUMAN” DASTURI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov, Kengash
deputatlari Sh.Jo‘rayev, M.Sayfidinov va A.Mo‘minov, Kengash huzuridagi Ekspert
maslahat guruhi raisi o‘rinbosari B.Abdurahimov hamda Yoshlar maslahat guruhi
a’zosi M.To‘xtasinovdan iborat ishchi guruhi tomonidan “Yangi O‘zbekiston
qiyofasidagi tuman” dasturi doirasida tuman markazidagi Qayqubbod va A.Yassaviy
ko‘chalari kesishmasi atrofida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va
ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganildi.
 

O‘rganish davomida “TRIUPH BULDING” xususiy korxonasi tomonidan Qayqubbod
va A.Yassaviy ko‘chalari yo‘l chetlarida umumiy 5100 metr kvadrat bo‘lgan
piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari holatiga e’tibor qaratildi.
 

Jarayonda qurilish ishlari sifatini ta’minlash, belgilangan me’yor va
talablarga rioya etish hamda ishlarni tasdiqlangan smeta-loyiha hujjatlari
asosida amalga oshirish yuzasidan quruvchi korxona mas’ullariga tegishli
tavsiyalar berildi.
 

Shuningdek, piyodalar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini
yaratish, foydalanilayotgan qurilish materiallari sifatiga alohida e’tibor
qaratish hamda aniqlangan kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 3