Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI TUMAN” DASTURI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

 “YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI TUMAN” DASTURI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov, Kengash
deputatlari Sh.Jo‘rayev, M.Sayfidinov va A.Mo‘minov, Kengash huzuridagi Ekspert
maslahat guruhi raisi o‘rinbosari B.Abdurahimov hamda Yoshlar maslahat guruhi
a’zosi M.To‘xtasinovdan iborat ishchi guruhi tomonidan “Yangi O‘zbekiston
qiyofasidagi tuman” dasturi doirasida tuman markazidagi Qayqubbod va A.Yassaviy
ko‘chalari kesishmasi atrofida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va
ko‘kalamzorlashtirish ishlarining olib borilishi holati o‘rganildi.
 

O‘rganish davomida “TRIUPH BULDING” xususiy korxonasi tomonidan Qayqubbod
ko‘chasi yo‘l chetiga o‘rnatilayotgan umumiy uzunligi 3100 metrdan iborat bo‘lgan
lotok ariqlarning sifati va holatiga e’tibor qaratildi.
 

Jarayonda ayrim lotok ariqlar singan holda o‘rnatilgani aniqlandi. Mazkur
holat yuzasidan qurilish ishlari uchun mas’ullarga sifatsiz o‘rnatilgan lotok
ariqlarni yangisiga almashtirish zarurligi bildirildi. Ushbu murojaatga ijobiy
javob olinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ishlar sifatini
ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish masalasi kelishib olindi.
  

Slide 1 of 3