Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
UCHTEPA TUMANIDAGI RAQAMLI VAZIYATLAR MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #ekspert_guruhlari

UCHTEPA TUMANIDAGI RAQAMLI VAZIYATLAR MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI

🧠 Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Uchtepa tumanidagi Raqamli vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishildi.

🗂 O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-martdagi PQ-4642-sonli “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida amalga oshirildi.

🤔 Markaz faoliyati, kommunal va ijtimoiy sohalardagi muammolarni tezkor aniqlash, videokuzatuv tizimlari orqali vaziyatni monitoring qilish hamda aholining murojaatlari bilan ishlash imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

⚙️ Shuningdek, markazning 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi 1073 qisqa raqamli aloqa liniyasi orqali kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish va mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirish jarayoniga e’tibor qaratildi.

💼 O‘rganishda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Alisher Giyasov hamda tuman hokimining sun’iy intellekt masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shoxruh Aktamov ishtirok etdi.

📝 O‘rganish yakunida markaz faoliyati samaradorligini oshirish va aniqlangan muammolarni tezkor bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4