Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Ekologik qonunchilik ijrosi deputatlik nazorati doirasida o‘rganiladi

 Ekologik qonunchilik ijrosi deputatlik nazorati doirasida o‘rganiladi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 202-son qarori ijrosini tumanda o‘rganish yuzasidan deputatlar uchun savolnoma ishlab chiqildi.

📌 Savolnoma orqali atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik qonunchilik talablariga rioya etish hamda ifloslantiruvchi korxona va tashkilotlar faoliyatini o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi.

🔎 Jumladan, quyidagi yo‘nalishlar qamrab olindi:
♻️ Tumandagi atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarni hisobga olish va monitoring qilish holati.

💰 Ifloslantirganlik hamda chiqindilarni joylashtirganlik uchun hisoblangan va undirilgan kompensatsiya to‘lovlari.

⚠️ Ekologik me’yorlarning buzilishi, noqonuniy chiqindi tashlash va oqova suvlarni ruxsat etilmagan joylarga oqizish holatlari.

💻 Kompensatsiya to‘lovlari hisob-kitobini yuritish, elektron axborot tizimidan foydalanish va mavjud muammolarni bartaraf etish choralari.

📋 Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar, ularning sabablari, mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rilgan choralar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan ma’lumotlar o‘rganilishi nazarda tutilgan.