Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

💧 Xalq tashabbusi bilan boshlangan loyiha — yakuniy bosqichda!

2026-yilning 1-mavsumida O‘zbekiston Respublikasining “Ochiq budjet” portali orqali o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Sherobod tumani Zarabo‘g‘ mahallasidagi Shalqon–Zarabo‘g‘ qishloqlari oralig‘ida mavsumiy sel suvlaridan samarali foydalanish maqsadida kichik suv havzasi qurish loyihasi g‘olib deb topilgan.

💰 Loyiha qiymati — 1 500,0 million so‘m.
🏗 Ayni paytda loyiha doirasidagi qurilish ishlari yakuniy bosqichga yetib kelgan.

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2-Zarabo‘g‘ saylov okrugi deputati Xojidinov Ximoydin Sayfiddinovich loyiha amalga oshirilayotgan hududga tashrif buyurib, qurilish ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdilar.

🔎 O‘rganish davomida bajarilgan ishlar, qurilishning bugungi holati hamda loyihani yakuniga yetkazish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 6