Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
SO‘Z ODOBI — EL ODOBI

SO‘Z ODOBI — EL ODOBI

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Namangan shahar bo‘linmasi hamkorligida 1-sonli texnikum talabalari ishtirokida ona tilimizga ehtirom, milliy qadriyatlarimizga hurmat va muomala madaniyatini keng targ‘ib etish maqsadida “So‘z odobi — el odobi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati 

A. Nasriddinov ishtirok etdi.

Tadbir davomida so‘zlashish madaniyati, salomlashish odobi va shirin muomalaning insonlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat hamda samimiy munosabatlarni mustahkamlashdagi o‘rni haqida fikr yuritildi.

Xususan, salomlashish xalqimizning yuksak odob-axloqi va milliy an’analarini namoyon etuvchi ezgu qadriyat ekanligi, ona tilimizda samimiy va mazmunli so‘zlashish esa tilimizga bo‘lgan ehtiromning muhim ifodasi ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, yoshlarga kundalik hayotda salomlashish odobiga rioya qilish, suhbatdoshga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, so‘zlarni o‘rinli qo‘llash hamda ona tilimizning boy imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish yuzasidan tushunchalar berildi.

Tadbir yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat, ona tiliga muhabbat va yuksak muomala madaniyatini shakllantirish, shuningdek, odobli so‘zlashishning jamiyat hayotidagi ahamiyatini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.

Zero, insonning odobi uning so‘zida, xalqning madaniyati esa muomalasida namoyon bo‘ladi.

Slide 1 of 5