Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
“XASTIMOM” MAHALLASIDA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

 “XASTIMOM” MAHALLASIDA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva boshchiligida hamda 23-“Zarqaynar” saylov okrugi deputati Ismoil Sagdullayev ishtirokida “Xastimom” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🤝 Muloqotda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi
B. Xoliqjonova, “Xastimom” MFY raisi S. Yaxyayeva, mahalla yettiligi vakillari va mahalla faollari qatnashdi.

🗣 Uchrashuv davomida keksalar, kam ta’minlangan oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalari muhokama qilindi.

⚖️ Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash hamda “Mahalla yettiligi” faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

✅ Muloqot yakunida aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, fuqarolar murojaatlarini manzilli hal qilish va mahalla hamda mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.

⚡️Aholi bilan ochiq muloqot, muammolarga manzilli yondashuv va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash — deputatlik faoliyatining ustuvor vazifalaridan biridir.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 8