Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB KELDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Ahmedov Shuxrat Murotovich tomonidan Gavhar MFY hududidagi ko‘chalarni ta’mirlash masalasi yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.
📄 Chilonzor tumani hokimligi tomonidan mazkur deputat so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi.
Javob xatida Gavhar MFY hududidagi ta’mirtalab ko‘chalarni asfalt qoplamasi bilan qoplash ishlari joriy yilda tumandagi ta’mirtalab ko‘chalarni ta’mirlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar rejasiga kiritilgani ma’lum qilingan.
Shuningdek, manzilli ro‘yxat dasturi tasdiqlanib, belgilangan tartibda mablag‘lar ajratilganidan so‘ng ta’mirlash ishlari tashkil etilishi bildirilgan.
✅ Deputatlik nazorati davom etadi. Mazkur masalaning amaliy yechimi va ko‘chalarni ta’mirlash ishlarining amalga oshirilishi yuzasidan keyingi jarayonlar kuzatib boriladi.