#19_1_modda
#doimiy_komissiya_faoliyati
❗️DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida tegishli yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar va dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida mas’ul tashkilotlar vakillarining axborotlari tinglanib, ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport yo‘nalishlaridagi ishlar holati ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, ishlar samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.