Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 BANDLIKNI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — MUHIM VAZIFA
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI TUMAN (SHAHAR) KENGASHI — XALQ MANFAATLARI HIMOYACHISI!
янв.21
⚖️ PROKURATURA TO‘G‘RISIDA: FUQAROLAR UCHUN 6 MUHIM KAFOLAT
янв.21
📌 DEPUTAT VA YOSH LIDER YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
📢 YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI: DEPUTATLAR O‘RGANISH OLIB BORMOQDA
янв.21
🌏 “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
📌 ICHKI ISHLAR ORGANLARI RAHBARLARINING XALQ DEPUTATLARI KENGASHLARI OLDIDAGI HISOBDORLIGI
янв.21
🤝 OILAVIY TOTUVLIK VA BARQARORLIK — MUHIM VAZIFA
янв.21
⚖️ KENGASH QARORLARI QANDAY KUCHGA EGA?
янв.21
🎓 YOSHLAR KUNI: BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN UCHRASHUV
FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI VA TAHLIL QILINDI

#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#KQ_35

FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI VA TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 8-Tajribakor saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri A. Avliyakulov o‘zi saylangan M. Eshtemirov MFYga kelib tushgan fuqarolar murojaatlarini mahalla yettiligi bilan hamkorlikda o‘rgandi.

Muloqot davomida fuqaro tomonidan bildirilgan murojaatning mazmuni atroflicha ko‘rib chiqilib, muammoning kelib chiqish sabablari va uni hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Murojaat yuzasidan tegishli mas’ullar bilan birgalikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hafta davomida kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinib, ularda ko‘tarilgan masalalar, fuqarolarni qiynayotgan muammolar hamda ularning yechimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Asosiy maqsad — har bir murojaatni e’tibordan chetda qoldirmaslik, muammolarni o‘z vaqtida o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlashdir. Murojaatlar ijrosi deputatlik nazorati asosida kuzatib boriladi.