Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

#kotibiyat_xodimi_faoliyati

MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Joriy yilning 6-oktabr kuni viloyatda faoliyat yuritayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Kengash kotibiyati xodimlari ishtirok etib, kun tartibidan Senat markazi tomonidan belgilangan topshiriqlar, Kengashlarning ish rejasida nazarda tutilgan vazifalar va deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar ijrosini ta’minlash masalalari o‘rin oldi.

Yig‘ilishda deputatlarning saylov okruglarida deputatlik nazorat-tahlil tadbirlarini muntazam tashkil etishi, saylovchilar bilan bevosita muloqot qilishi, aholini qiynayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganishi muhim vazifa sifatida qayd etildi.

Shuningdek, 162 ta eng muhim qonun hujjatlari ijrosini o‘rganish, mahalla yettiligi bilan hamkorlikni kuchaytirish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hal etish hamda Kengash tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning huquqiy asoslari va qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari tomonidan faoliyat davomida uchrayotgan kamchilik va muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud tajribalar hamda kelgusidagi faoliyatni takomillashtirish yuzasidan taklif va fikr-mulohazalar bildirildi.

Muhokamalar asosida mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va belgilangan vazifalar ijrosini kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3