Feruza mfy: 205-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Alisher Tillaуev tomonidan Feruza mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 205-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktab binosining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimining holati, elektr ta’minoti, eshik va derazalarning sozligi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Asosiy e’tibor sovuq kunlarda ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, o‘quvchilar va pedagog xodimlar uchun qulay hamda xavfsiz muhit yaratish masalalariga qaratildi.
Kuz-qish mavsumini betalafot va samarali o‘tkazish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda ta’lim muassasasining mavsumga shayligini ta’minlash muhim vazifa hisoblanadi.