Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Marg‘ilon shahrida deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi deputatlik o‘rganishi 16-Ipak yo‘li saylov okrugi hududidagi Ipak yo‘li mahallasida joylashgan, 175 nafar tarbiyalanuvchini qamrab olgan 8-maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, 16-Ipak yo‘li saylov okrugi deputati, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Mahkamov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirok etdilar.

Deputatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi O‘RQ–595-son “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi, xususan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda qonunda belgilangan davlat kafolatlarining amalda ta’minlanishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida muassasaning kundalik faoliyati, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud infratuzilma holati ko‘zdan kechirildi. Oʻrganish kunida tashkilotda ichimlik suvi mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat bolalar salomatligi va xavfsizligini ta’minlash, maktabgacha ta’lim tashkilotida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish nuqtayi nazaridan alohida e’tibor talab etishi qayd etildi.

Aniqlangan muammoni bartaraf etish maqsadida o‘rganishning o‘zidayoq shahar suv ta’minoti bo‘limi bilan bog‘lanilib, masalani hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish masalasi muhokama qilindi.

Deputatlik o‘rganishi davomida aniqlangan kamchilikni bartaraf etish, muassasani ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda bolalar uchun zarur va xavfsiz sharoitlarni yaratish masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

Bunday o‘rganishlar joylardagi muammolarni bevosita aniqlash, mas’ul tashkilotlar e’tiborini mavjud kamchiliklarga qaratish va qonun hujjatlarida belgilangan talablarning amaliy ijrosini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 7