Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
25-sessiya

Amudaryo tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada tuman hokimi Sobir Xo‘jametov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, ekspert guruhi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya ishini Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashi raisi Alisher Yo‘ldashev olib bordi. Yig‘ilish O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat madhiyalari ijrosi bilan boshlandi. Sessiya kotibligiga 23-«Qipchoq» saylov okrugidan deputat Muyassar Raxmatullayeva nomzodi deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlarining hisobot va axborotlari tinglandi.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar atroflicha ko‘rib chiqilib, berilgan savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga zarur vazifalar belgilandi.  

Slide 1 of 10