Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
#Haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_masala #DeputatNazorati

Mazkur tadbir Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 16-“Mo‘minqul” saylov okrugidan saylangan deputati Qodirov Rasul Saydullayevich tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputati, Kengash kotibiyati mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovich Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar tomonidan “Mo‘minqul” mahallasida ijtimoiy xodimning o‘z vakolati doirasida amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishildi.

✅ O‘rganish davomida ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolar va oilalarni aniqlash, ularning murojaatlarini o‘rganish, ijtimoiy xizmat va ko‘makka muhtoj shaxslarga amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

✅ Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqa va moddiy yordamga ehtiyojmand fuqarolar bilan manzilli ishlash, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

➡️ O‘rganish yakunida ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3