Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida O‘RQ–406-sonli Qonun ijrosi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ularning bandligini ta’minlash hamda muammolarini manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muntazam o‘rganib, tahlil qilib borilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 15-“Tuproqqo‘rg‘on” saylov okrugi deputati D.Toshboyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi hamda mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlar bilan individual ishlash, ularning muammolarini aniqlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ayniqsa, band bo‘lmagan yoshlarni mehnat bozoriga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni manzilli hal etish hamda yoshlarning ta’lim olishi, kasb egallashi va bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Yoshlar — mahalla taraqqiyoti va kelajak bunyodkorlaridir!