Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Besarang mahallasida bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Ismoilov hamda kotibiyati bosh mutaxassisi M.Mahmudov tomonidan Besarang mahalla fuqarolar yig‘inida 24 ta muhim tavsiya asosida hokim yordamchisi faoliyati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni mehnat faoliyatiga jalb etish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati va natijadorligi atroflicha tahlil qilindi.

Ta’kidlanganidek, hokim yordamchisining amaliy ko‘magi va sa’y-harakatlari natijasida 197 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan. Bu boradagi ishlar fuqarolarni doimiy va barqaror daromad manbalariga yo‘naltirish, ularning iqtisodiy faolligini oshirish hamda oilalar farovonligini yaxshilashga qaratilgan.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va oilaviy biznesni rivojlantirish istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 42 ta imtiyozli kredit ajratilgan. Mazkur moliyaviy ko‘mak fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish va yangi daromad manbalarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, 5 nafar xotin-qiz kasb-hunarga o‘qitilib, ularning mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda o‘zini o‘zi band qilishi yoki ish bilan ta’minlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

O‘rganish yakunida hokim yordamchisi faoliyatida aholining ehtiyoj va imkoniyatlarini chuqur o‘rganish, har bir xonadon bilan manzilli ishlash, bandlikni ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3