Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Ko‘p qavatli uylar atrofida bunyodkorlik ishlari: “Do‘stlik” MFYdagi o‘rganishlar tafsilotlari

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi raisi T. Soliyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘jamberdiyev “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ko‘p qavatli uylar atrofida bolalar maydonchasini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-son qarorining “Ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash hamda uylarga tutash hududlarda umumiy foydalanishdagi infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish” dasturiga asosan, “Do‘stlik” MFYdagi ko‘p qavatli uylar hududida bolalar maydonchasi, irrigatsiya tarmoqlari va piyodalar yo‘laklarini betonlash ishlari rejalashtirilgan.

Mazkur dasturlar Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 20-fevraldagi VII - 18 - 12 - 11 - 160 -K/26-sonli qaroriga muvofiq tanlab olinib, deputatlar tomonidan tasdiqlangan.

O‘rganish davomida mas’ullarga belgilangan qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4