Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
2-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi raisi T. Soliyev va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘jamberdiyev tomonidan “1-Furqat” saylov okrugi hududidagi 2-sonli kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumini barqaror va betalafot o‘tkazishga tayyorgarligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Xususan, isitish tizimlarining texnik holati, o‘quv xonalari va yordamchi binolarning mavsumiy sharoitlarga mosligi, shuningdek, mavjud muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining sozligi va foydalanishga tayyorligi tahlil qilindi.

O‘rganish davomida kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan aniqlash va ularning oldini olish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4