Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Nazarova tomonidan fuqaro A.Aripovaga tibbiy yordam ko‘rsatish va imtiyozli davolanish masalasida yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i K.B.Sirojiddinov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Deputatlik so‘rovi asosida Qo‘qon shahar “At-Termiziy” MFY, Furqat ko‘chasi 11-uy, 24-xonadonda yashovchi, 1978-yilda tug‘ilgan fuqaro Aripova Odinaning murojaati atroflicha o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijasida fuqaroning viloyat shifoxonasida imtiyozli yo‘llanma asosida davolanish masalasidagi murojaati ijobiy hal etildi. Jumladan, Qo‘qon shahar 4-son oilaviy poliklinikasi tomonidan fuqaro viloyat shifoxonasining revmatologiya bo‘limida imtiyozli asosda davolanishi uchun yo‘llanma rasmiylashtirildi.

Hozirgi kunda fuqaro A.Aripovaga belgilangan tartibda imtiyozli yo‘llanma berilgan bo‘lib, u viloyat shifoxonasida davolanmoqda.

Shuningdek, o‘rganish davomida fuqaroning mahalla shifokori va mahalla hamshirasi faoliyati yuzasidan e’tiroz va shikoyatlari mavjud emasligi ham aniqlangan.

Shu tariqa, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala amaliy yechim topib, fuqaroning imtiyozli asosda tibbiy davolanishi ta’minlandi.

Мazkur masala deputat nazoratida bo‘lib, fuqaroning davolanish jarayoni va murojaatida ko‘tarilgan masalaning ijrosi yuzasidan tegishli ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi