Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Maktabgacha taʼlim tashkilotida xavfsizlik nazoratda: Deputatlar 182-sonli DMTTda oʻrganish oʻtkazildi

Maktabgacha taʼlim tashkilotida xavfsizlik nazoratda: Deputatlar 182-sonli DMTTda oʻrganish oʻtkazildi

📍Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva boshchiligida va 11-«Umid» saylov okrugi deputati Kamola Muxitdinova ishtirokida bolalar taʼlim muassasalarida shart-sharoitlarni yaxshilash va xavfsizlikni taʼminlash borasidagi ishlarni koʻzdan kechirdi. Xususan, deputatlar tumandagi 182-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida (DMTT) boʻlib, muassasadagi xavfsizlik va tartib-intizom masalalarini yaqindan oʻrganildi.

💡 Oʻrganishlar jarayonida tarbiyalanuvchilarning sogʻligʻi va hayoti xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq quyidagi muhim masalalarga alohida eʼtibor qaratildi:
Oshxona faoliyati, mahsulotlarning saqlanish muddatlari, tayyorlanayotgan taomlarning sifati va sanitariya talablariga mosligi koʻzdan kechirildi.
Binodagi yongʻin xavfsizligi vositalari, evakuatsiya yoʻlaklarining ochiqligi hamda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holati tekshirildi.

✨Muassasa hududiga kirish-chiqish tartibi, kuzatuv kameralarining ishlashi hamda tashqi xavfsizlik choralari tahlil qilindi.

☀️Bolalar foydalanadigan oʻyin maydonchalari, jihozlar va ularning jajji bolalar uchun jarohat yetkazmaydigan darajada xavfsiz ekanligi oʻrganildi.
Shuningdek, oʻrganish davomida deputatlar guruhlarga kirib, bolajonlar bilan samimiy muloqotda boʻldi. Ularning taʼlim olishi, vaqtlarini qanday oʻtkazayotgani, oʻyinchoqlari va mashgʻulotlari bilan qiziqib, jajji oʻgʻil-qizlarga oʻzining ezgu tilaklarini bildirdi.

📌 Suhbat davomida deputatlar muassasa rahbariyati va masʼullarga bolalar xavfsizligi masalasida aslo loqaydsizlikka yoʻl qoʻymaslik, har bir kichkintoyning sogʻ-salomat ulgʻayishi uchun barcha shart-sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan oʻz tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

Slide 1 of 10