Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Maktab kutubxonalari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
#tavsiyalar
#qonun_162
#deputatlik_nazorati

Maktab kutubxonalari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati D. Arabova tomonidan shahardagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining kutubxona faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida kutubxonaning moddiy-texnik holati, mavjud adabiyotlar fondi, o‘quvchilarning kitob va axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlari, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kutubxona faoliyatining o‘quvchi-yoshlar ta’lim-tarbiyasidagi o‘rni tahlil qilindi.

Mazkur o‘rganish deputatning hududni ijtimoiy va madaniy rivojlantirishga oid masalalarni o‘rganish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining qonunchilikda belgilangan vazifalar ijrosiga doir masalalarni ko‘rib chiqishdagi vakolatlari doirasida amalga oshirildi. Qonunchilikka ko‘ra, mahalliy Kengash deputatlari hududning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishining muhim masalalarini hal etishda ishtirok etadi.

Shuningdek, kutubxona faoliyatini o‘rganishda “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar, shuningdek, ta’lim va yoshlar siyosatiga oid qonunchilik talablari e’tiborga olindi.

O‘rganish jarayonida mas’ul bosh mutaxassis Z. Temirova ham ishtirok etib, kutubxona faoliyati, mavjud imkoniyatlar va aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli ma’lumotlar bilan tanishdi.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar maktablarda kitobxonlik muhitini yanada rivojlantirish, o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va kutubxonalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash