Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
IMKONIYAT — YANGI HAYOT SARI OCHILGAN ESHIK

IMKONIYAT — YANGI HAYOT SARI OCHILGAN ESHIK

Namangan shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz tomonidan afv etilgan shaxslar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamolov ishtirok etib, suhbat davomida afv etilgan fuqarolarning hayotida yangi sahifa ochish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi hamda kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.

Ochiq muloqot davomida ularning taklif va mulohazalari, mavjud muammolari tinglanib, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni amaliy hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Ayniqsa, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, mehnat bozorida munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Har bir fuqaroning qiziqishi, imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqib, munosib ish bilan ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Kengashning doimiy komissiyalari kesimida qonun hujjatlari taqsimotiga muvofiq, fuqarolar bandligini ta’minlash va ularni qo‘llab-quvvatlashga oid “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari asosida tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 3