Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📚 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATIDA MUHIM QONUNLAR
янв.21
#deputat_amaliyseminarda 🌱 TO‘QSONBOSTI USULI — MO‘L HOSIL SARI MUHIM QADAM!
янв.21
📢 DEPUTATNING SIYOSIY PARTIYA BILAN HAMKORLIGI — QONUNIY MAJBURIYAT VA MAS’ULIYAT
янв.21
📢 QONUNNI BILASIZMI?
янв.21
📢 XALQ DEPUTATLARI KENGASHLARI HUZURIDA EKSPERT GURUHI FAOLIYATI
янв.21
📢 AHOLI MUAMMOLARINI MAHALLIY KENGASHLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGIDA O‘RGANADI
янв.21
#ishreja_deputat_faoliyati 📢 DEPUTATLAR SAYLOVCHILAR OLDIDA HISOBOT BERDI
янв.21
#IshRejaIjrosi #24ta_tavsiya_11-bandi 🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
#IshRejaIjrosi #madadNNT ⚖️ FUQAROLAR MUROJAATLARIGA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
#ishreja_24ta_tavsiya_24_bandi #19_1_band_ijrosi 🏫 INKLYUZIV TA’LIM — HAR BIR BOLA UCHUN TENG IMKONIYAT!
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning ‘mahalla yettiligi’ bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida joylarda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati D.Musayeva tomonidan “Yunusobod” mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

🔠O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish, mavjud muammolarini aniqlash hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📝Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga va tadbirkorlikka jalb etish, oilaviy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👉Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Slide 1 of 1