Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📚 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATIDA MUHIM QONUNLAR
янв.21
#deputat_amaliyseminarda 🌱 TO‘QSONBOSTI USULI — MO‘L HOSIL SARI MUHIM QADAM!
янв.21
📢 DEPUTATNING SIYOSIY PARTIYA BILAN HAMKORLIGI — QONUNIY MAJBURIYAT VA MAS’ULIYAT
янв.21
📢 QONUNNI BILASIZMI?
янв.21
📢 XALQ DEPUTATLARI KENGASHLARI HUZURIDA EKSPERT GURUHI FAOLIYATI
янв.21
📢 AHOLI MUAMMOLARINI MAHALLIY KENGASHLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGIDA O‘RGANADI
янв.21
#ishreja_deputat_faoliyati 📢 DEPUTATLAR SAYLOVCHILAR OLDIDA HISOBOT BERDI
янв.21
#IshRejaIjrosi #24ta_tavsiya_11-bandi 🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
#IshRejaIjrosi #madadNNT ⚖️ FUQAROLAR MUROJAATLARIGA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
#ishreja_24ta_tavsiya_24_bandi #19_1_band_ijrosi 🏫 INKLYUZIV TA’LIM — HAR BIR BOLA UCHUN TENG IMKONIYAT!
#Ish_rejasiga_asosan #Haftalik_rejalar #Deputatlik_nazorati #24_ta_masala

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi tomonidan 2026-yilning 05-09-oktabr kunlari davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan haftalik ish rejasi tasdiqlandi.

Mazkur ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan taqdim etilgan 24 ta muhim tavsiyaning ijrosini ta’minlash, aholi murojaatlarini o‘rganish hamda deputatlik nazoratini samarali tashkil etish maqsadida belgilangan hududlarda o‘rganishlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan:

05-oktabr, dushanba: 9-Bibizaynab saylov okrugida deputat Xaitova Ayjomal Nazirovna tomonidan o‘z saylov okrugida o‘rganishlar olib boriladi.

06-oktabr, seshanba: 17-Shakargamish saylov okrugida deputat Tavasharov Xamro Ziyaevich tomonidan belgilangan vazifalar va tavsiyalar ijrosi o‘rganiladi.

07-oktabr, chorshanba: 20-Sayrak saylov okrugida deputat Egamberdiyev Abror Ergashovich tomonidan okrug hududida o‘rganish tadbiri o‘tkaziladi.

08-oktabr, payshanba: Hududlarda o‘rganishlar davomida aniqlangan aholi muammo va murojaatlari yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini chiqarish hamda ularning ijrosini nazoratga olish ishlari amalga oshiriladi.

09-oktabr, juma: Tasdiqlangan grafik asosida joylarga chiqish, aholi murojaatlarini o‘rganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralari ko‘riladi.

Ushbu tadbirlarni sifatli va samarali tashkil etishda tuman Kengashi kotibiyati xodimlari M.Xujanov, A.Esanov va I.Roziqovlar mas’ul sifatida biriktirilgan.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1