Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📚 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATIDA MUHIM QONUNLAR
янв.21
#deputat_amaliyseminarda 🌱 TO‘QSONBOSTI USULI — MO‘L HOSIL SARI MUHIM QADAM!
янв.21
📢 DEPUTATNING SIYOSIY PARTIYA BILAN HAMKORLIGI — QONUNIY MAJBURIYAT VA MAS’ULIYAT
янв.21
📢 QONUNNI BILASIZMI?
янв.21
📢 XALQ DEPUTATLARI KENGASHLARI HUZURIDA EKSPERT GURUHI FAOLIYATI
янв.21
📢 AHOLI MUAMMOLARINI MAHALLIY KENGASHLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGIDA O‘RGANADI
янв.21
#ishreja_deputat_faoliyati 📢 DEPUTATLAR SAYLOVCHILAR OLDIDA HISOBOT BERDI
янв.21
#IshRejaIjrosi #24ta_tavsiya_11-bandi 🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
#IshRejaIjrosi #madadNNT ⚖️ FUQAROLAR MUROJAATLARIGA HUQUQIY KO‘MAK
янв.21
#ishreja_24ta_tavsiya_24_bandi #19_1_band_ijrosi 🏫 INKLYUZIV TA’LIM — HAR BIR BOLA UCHUN TENG IMKONIYAT!
🛗 Ko‘p qavatli uylardagi liftlarning ishlash holati o‘rganildi


🛗 Ko‘p qavatli uylardagi liftlarning ishlash holati o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan hududdagi ko‘p qavatli uy-joylarda o‘rnatilgan liftlarning texnik va amaldagi foydalanish holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida liftlarning uzluksiz va xavfsiz ishlashi, texnik sozligi, sanitariya holati hamda yoritish tizimining holatiga alohida e’tibor qaratildi.

📞Liftlarda nosozliklar yuzaga kelganda dispetcherlik xizmatining faoliyati, murojaatlarni qabul qilish va ularni bartaraf etish tezkorligi o‘rganildi.

📄 Bundan tashqari, liftlarning belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi, texnik xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul tashkilotlarning majburiyatlari va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ko‘zdan kechirildi.

🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha liftlardan xavfsiz va samarali foydalanishni ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga qulay sharoit yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅ Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati

Slide 1 of 2