Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
5-MALISHOYAK SAYLOV OKRUGIDA SAYLOVCHILAR TALABI ASOSIDA YANGI YO‘L OCHILMOQDA

O‘rganish davomida qishloq ichida yangi yo‘l ochilishi, yo‘lning yo‘nalishi, aholi uchun qulayligi hamda hududdagi mavjud yo‘l infratuzilmasiga bog‘lanishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
Mazkur yo‘lning ochilishi hudud aholisi uchun erkin va qulay harakatlanish imkoniyatlarini kengaytirish, ayrim xonadonlarning asosiy yo‘llarga chiqishini yengillashtirish hamda ichki yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi.

Mas’ullar bilan yo‘l ochish ishlarini belgilangan talablar asosida tashkil etish, ishlarning sifati va bajarilish holatini muntazam nazorat qilib borish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarning amaliy yechimini ta’minlash, hududdagi yo‘l infratuzilmasiga oid muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish masalalari deputatlik nazorati doirasida belgilab olindi.

Mazkur ishlarning keyingi bosqichlari ham deputatlar tomonidan nazoratga olinib, amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi yuzasidan tegishli tartibda monitoring olib boriladi.

Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni 19¹-moddasi hamda “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun talablari.

Slide 1 of 2