Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishi hamda 2026-yil 11-sentyabrdagi PF-193-son Farmoniga asosan O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Y.Narbekov tomonidan tumanning “Boyterak” mahallasidan “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan oilalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mahallada “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar haqidagi ma’lumotlar ko‘rib chiqilib, ularning ijtimoiy holati, mavjud ehtiyojlari va oilalarga ko‘rsatilayotgan yordamlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur mahallada jami 18 ta oila reyestrga kiritilgan bo‘lib, ularning 7 tasi davlat ta’minotidagi oila, 9 tasi kambag‘al oila, 2 tasi kambag‘allik chegarasidagi oila toifasiga kiritilgan.

🔺O‘rganish jarayonida, avvalo, oilalarning ijtimoiy holatini yaxshilash, ularni qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi. Har bir oilaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda manzilli yordam ko‘rsatish, ularning daromad manbalarini oshirish va mehnat faolligiga ko‘maklashish muhimligi ta’kidlandi.

O‘rganishlar davomida 2 ta oila boshlig‘iga imtiyozli kredit ajratilib, ularning o‘zini o‘zi band qilishiga ko‘maklashilgani aniqlandi. Mazkur amaliy choralar oila boshliqlarining mustaqil daromad manbaiga ega bo‘lishi va oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilashga xizmat qilishi qayd etildi.

🔺Deputat tomonidan mas’ullarga oilalar bilan manzilli va tizimli ishlash, ularning holatini muntazam o‘rganib borish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilash yuzasidan tavsiyalar berildi.
Slide 1 of 2