Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
“Ko‘rkam” mahallasidagi maktabgacha ta’lim muassasasining holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zosi Mutalov Omonulla Nigmatullayevich tomonidan “Ko‘rkam” mahallasida joylashgan “G‘uncha” maktabgacha ta’lim muassasasining faoliyati va mavjud shart-sharoitlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida muassasadagi ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, bino va xonalarning sanitariya-texnik holati, hududning obodonlashtirilishi hamda mavjud muammolar holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning xavfsizligi, sog‘lom va qulay muhitda ta’lim-tarbiya olishi, zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlanganligi masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, muassasaning moddiy-texnik bazasini yaxshilash hamda tarbiyalanuvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4