Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Madaniyat va istirohat bog‘i faoliyati o‘rganildi

Madaniyat va istirohat bog‘i faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati O. Yusupov tomonidan Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish jarayonida bog‘ hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, xizmat ko‘rsatish sifati hamda mavjud infratuzilmaning holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, attraksionlarning texnik sozligi, xavfsizlik talablari va ulardan foydalanish holati o‘rganilib, aholiga qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatishni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish hamda bog‘ faoliyatini takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4