Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM — KELAJAK AVLODGA E’TIBOR

#Ustozga_ehtirom #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ USTOZ VA MURABBIYLARGA EHTIROM — KELAJAK AVLODGA E’TIBOR

🏛 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Uchtepa tumani hokimligi tomonidan ta’lim-tarbiya sohasida uzoq yillar davomida fidokorona mehnat qilib kelayotgan ustoz va murabbiylar uchun “Karomat” restoranida bayramona madaniy tadbir tashkil etildi.

📁 Tadbirda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari Anvar Usmanov, Sanjar Djalalov hamda Kamolitdin Azizov ishtirok etib, ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdilar.

🔺 Bayram tadbirida Uchtepa tumanida ko‘p yillar davomida sharafli va mas’uliyatli kasbni sidqidildan bajarib, minglab yosh avlod vakillariga ta’lim va tarbiya berib kelayotgan faxriy ustozlar, tajribali pedagoglar, o‘qituvchi va murabbiylar jam bo‘ldilar.

🗣 Muxtor Ilhomov ustoz va murabbiylarni qutlug‘ ayyom bilan tabriklar ekan, ularning jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni, yosh avlodni bilimli, vatanparvar, ma’naviy yetuk va komil insonlar etib tarbiyalashdagi fidokorona mehnatini alohida e’tirof etdi.

📚 Zero, ustoz bergan bilim va tarbiya insonning kelajak hayot yo‘lini belgilashda muhim o‘rin tutadi. Pedagoglarning yoshlarni ilm-ma’rifatga chorlashi, ularning iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishi kelajak avlod kamolotining mustahkam poydevoridir.

📉 Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputati faoliyatida yoshlar bilan ishlash, ularning ta’lim-tarbiyasiga e’tibor qaratish hamda kelajak avlod kamoloti yo‘lida xizmat qilayotgan ustoz va murabbiylarni qo‘llab-quvvatlash kabi muhim yo‘nalishlar bilan hamohangdir.

📋 Tadbir davomida deputatlar ustoz va murabbiylarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, uzoq umr, mas’uliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, qalblariga esa doimo quvonch va ilhom tiladilar.

🔎 Ustozlik — shunchaki kasb emas, balki yuksak mas’uliyat, fidoyilik va kelajak avlod taqdiriga daxldor ulug‘ missiyadir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8