Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Otayurt mahallasida zamonaviy infratuzilma yaratilmoqda.

Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-298-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilib, mahalla infratuzilmasini kompleks rivojlantirish, aholi uchun qulay muhit yaratish va hududning zamonaviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan.
Loyiha doirasida mahalla hududida qator muhim infratuzilmaviy obyektlar barpo etilmoqda. Jumladan: zamonaviy loyiha asosida yangi mahalla binosi qurilmoqda; aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun ko‘ngilochar alleya tashkil etilmoqda; 2,5 kilometr uzunlikda piyodalar yo‘laklari barpo etiladi; 1,8 kilometr lotok tarmog‘i tortiladi; asosiy avtomobil yo‘li bo‘ylab 81 dona, ichki ko‘chalarga esa 96 dona tungi yoritish chiroqlari va ustunlari o‘rnatilmoqda; bolalar uchun zamonaviy o‘yingoh hamda vorkaut maydonchasi barpo etilmoqda.
Amalga oshirilayotgan mazkur ishlar, avvalo, mahalla aholining kundalik hayoti uchun qulay sharoit yaratish, xavfsiz va obod muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.
Bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining izchil davom ettirilishi natijasida “Otayurt” mahallasining infratuzilmasi yana-da takomillashib, aholi uchun zamonaviy, qulay va farovon yashash muhiti shakllantiriladi.

Slide 1 of 3