Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 MAHALLA YETTILIGINING HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
📢 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI YANADA KUCHAYTIRILMOQDA!
янв.21
📘 DEPUTAT MAQOMI VA UNING VAKOLATLARI
янв.21
📢 PENSIYAGA CHIQISH ONLAYN BO‘LGANIDAN XABARINGIZ BORMI?
янв.21
📌 DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI: MUAMMO VA TAKLIFLAR TINGLANDI
янв.21
📌 MIRZACHO‘LDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
🤝 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” — HAMKORLIKDA MUAMMOLARGA YECHIM
янв.21
📌 KENGASHNING BUDJET MABLAG‘LARINI QAYTA TAQSIMLASHDAGI VAKOLATLARI
янв.21
📍SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
📍 SITUATSION MARKAZDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
Umumta’lim maktabining sport anjomlari ta’minoti o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat E.Soliyevga biriktirilgan kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonidan tumanning “Nanay” mahallasida joylashgan 44-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarga sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar va sport anjomlari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida maktabda o‘quvchilarning jismoniy tarbiya darslarini sifatli tashkil etish, turli sport mashg‘ulotlari va musobaqalarini o‘tkazish uchun mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Xususan, maktabning sport zali holati yaxshi bo‘lib, o‘quvchilarning mashg‘ulotlarni muntazam o‘tkazishi uchun zarur sharoitlar mavjudligi aniqlandi.

🔻Shuningdek, maktab hududida futbol maydoni mavjud bo‘lib, o‘quvchilarning futbol bilan shug‘ullanishi va sport musobaqalarini tashkil etishi uchun xizmat qilmoqda. Biroq maydonning ayrim qismlari joriy ta’mirlash ishlariga ehtiyoj sezishi qayd etildi. Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish orqali o‘quvchilar uchun yanada qulay va xavfsiz sport muhitini yaratish mumkinligi ta’kidlandi.

🔻O‘rganish jarayonida maktabning sport anjomlari bilan ta’minlanganlik holati ham ko‘rib chiqildi. Sport anjomlari yetarli bo‘lib, o‘quvchilarning asosiy sport mashg‘ulotlarini tashkil etish imkoni mavjud. Shu bilan birga, mavjud anjomlarning ayrimlari eskirgani sababli ularni bosqichma-bosqich yangilash va zamonaviy sport jihozlari bilan to‘ldirib borish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

🔻Shuningdek, futbol maydonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay sharoitlarni ta’minlash, ularni sportning turli yo‘nalishlariga keng jalb qilish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5